Zidan Millatlar ligasidagi Fransiya - Italiya o'yini oldidan Materacciga 2006 yilda bergan kalla zarbasini esladi

2 okt 2026, 07:50
Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Millatlar ligasi 3-turi doirasidagi jamoalar o'rtasidagi uchrashuv oldidan Italiya milliy terma jamoasining sobiq himoyachisi Marko Materacciga bergan kalla zarbasini eslab o'tdi.

"2006 yilmi? Kadrlar menga buni hamisha eslatib turadi, chunki bu lahzani hamma joyda aylantirib ko'rsatishaveradi (kuladi). Men ko'proq ijobiy lahzalar haqida o'ylayman. "Yuventus" men uchun alohida klub edi, aynan o'sha yerda men muhim futbolchiga aylanganman.

2006 yilda qilgan ishim bilan faxrlanmayman. Bu bosib o'tilgan yo'lning bir qismi. Hammamiz xato qilamiz. Eng muhimi - bundan keyin nima bo'lishi, Fransiya milliy terma jamoasi bilan nima yuz berishidir", - deydi Zidanning so'zlarini RMC Sport keltirib.

2006 yilgi JCH finalida Italiya va Fransiya o'rtasidagi o'yinning 110-daqiqasida francuzlar sardori Zinedin Zidan Materaccining ko'kragiga kallasi bilan zarba bergan va shundan so'ng maydondan chetlatilgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: RMC Sport