"Zenit" sobiq futbolchisi: "Fayzullaev o'ynamoqchi"

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2025
"Zenit" sobiq futbolchisi Aleksey Gasilin "Match TV" telekanali efirida yarim himoyachi Abbos Fayzullaevning SSKAdan "Istanbul Bashakshehir"ga o'tganiga munosabat bildirdi.

21 yoshli yarim himoyachi bilan shartnoma 5 yilga mo'ljallangan.

"O'tgan mavsumda u kam o'ynadi, rotaciya futbolchisi edi. Yaqinda u Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida tan olindi. U barcha fazilatlarga ega, yaxshi futbolchi. Ehtimol, unga taklif tushgan va unga 90 daqiqa kafolatlangandir. U o'ynashni xohlaydi. SSKA uning uchun yaxshi pul oldi, klub pul ishlashni biladi. Agar Turkiyada o'ynasa, Jahon chempionatiga tayyorlana oladi", – dedi Gasilin.

Fayzullaev 2023 yilning avgustidan buyon SSKA safida to'p tepgan. U "armiyachilar" terma jamoasi safida jami 72 o'yin o'tkazib, 8 ta gol urgan va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Fayzullaev SSKA bilan birgalikda Rossiya Kubogi, Rossiya Superkubogi va RPL bronza medalini qo'lga kiritdi. Jamoadagi faoliyati davomida u Osiyoda yilning eng yaxshi yosh futbolchisi sifatida etirof etilgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Матч ТВ