

Hujumchi O'zbekiston (24 sentyabr) va Rossiya (29 sentyabr) terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yinlari oldidan o'quv-mashg'ulot yig'iniga taklif etildi.
"2014 yildan to shu kungacha milliy terma jamoa libosida ko'p narsani boshdan kechirdim. Hatto jamoa bilan birga bo'lmagan paytlarimda ham o'zimni undan uzoqlashgandek his qilmaganman. Yuragim jamoa uchun og'rir va o'yin boshlanishidan oldin davlat gimnini eshitishni juda xohlardim. Meni yana taklif qilishganini bilganimda, xuddi birinchi martadagidek quvonchni his qildim. Hech kimdan xafa emasman. Isbotlashim kerak bo'lgan hech narsa yo'q. Bor yuragim bilan sevadigan yurtim uchun yana kurashish imkoniyatiga ega bo'lganimdan shunchaki xursandman. Sog'ingan edim. Men qaytdim!" - deb yozdi Azmun ijtimoiy tarmoqda.
Ilgari 31 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun chaqirilgan o'yinchilar ro'yxatiga kiritilmagan edi. Matbuotda bunga uning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari sabab bo'lgan bo'lishi mumkinligi xabar qilingandi. Forvard hisobida terma jamoa libosida 91 ta o'yin va 57 ta gol bor.



