"Zaxira o'rindig'ida qolishga ko'nikkani yo'q". Anchelotti Neymarning vaziyati haqida gapirdi

4 iyul 2026, 10:10
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Neymarning 2026 yilgi jahon chempionatida asosiy tarkibda maydonga tushishga qanchalik tayyor ekanligi haqida fikr bildirdi.

"Ha, u maydonda to'liq 90 daqiqa harakat qilishga qodir. U zaxira o'rindig'ida qolishga ko'nikkani yo'q, lekin shu bilan birga o'zini juda professional tarzda tutmoqda. Neymar mashg'ulotlarda a'lo darajada ishlayapti. U jamoada juda hurmat qilinadigan, qadrlanadigan va yaxshi ko'riladigan futbolchidir. U terma jamoa uchun juda muhim, chunki u yuqori mahoratga ega va shu bilan birga juda kamsuqum inson bo'lib qolmoqda. Men undan juda mamnunman. Va, albatta, u hamisha bo'lganidek o'ynashni xohlaydi", - deya Anchelottining so'zlarini keltiradi Globo Esporte.

34 yoshli hujumchi jarohati sababli JCH-2026 guruh bosqichidagi ikkita o'yinni o'tkazib yubordi, so'ngra Braziliyaning Shotlandiya ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan bahsida zaxiradan maydonga tushdi.

Shundan so'ng, 1/16 final doirasida braziliyaliklar Yaponiyani 2:1 hisobida mag'lub etgan uchrashuvda Neymar umuman maydonga tushmadi va zaxirada qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Globo Esporte