Yaponiya termasi darvozaboni: "Osiyo kubogini qo'lga kiritishimiz kerak"

Administrator
31 yanv 2024
Osiyo kubogi nimchorak finalidan o'rin olgan Yaponiya va Bahrayn termalari o'rtasidagi o'yindan so'ng yaponlar darvozaboni Zion Suzuki caytimizga kichik intervyu berdi.

- Ajoyib o'yin bo'ldi. Biroq xato sabab o'z darvozangizdan to'p olib chiqdingiz. Shu haqda nima deya olasiz?

- Bugun men uchun "quruq" o'yin o'tkazish muhim edi, ammo jamoaning g'alabasi birinchi o'rinda turadi. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istayman. Sarosimaga tushmaslikka harakat qilaman. Afsuski, bugun birgina xato menga qimmatga tushdi. Bu o'yindagi birgina kamchiligim aynan shu vaziyat bo'ldi.

- Oxirgi ikki hafta davomida muxlislar tomonidan qanday qo'llovni his qildingiz?

- Biz Qatarda o'ynayotgan bo'lsak ham, juda ko'p muxlislar stadionga kelishdi. Ular bizni ruhlantirishdi. Aynan muxlislar uchun eng yaxshi o'yinimni namoyish qilmoqchiman. 

- Gol o'tkazib yuborganingizdan so'ng murabbiy sizga nimalardir dedi? Shu holatni aytib bera olasizmi?

- Murabbiy menga barchasi joyida ekanligi va o'yindan zavq olishim kerakligi haqida gapirdi. Men shunday qildim. Bu musobaqani yutishimiz kerak. Bu maqsad yo'lida qo'limdan kelgan barcha ishni qilaman. Bu oson bo'lmaydi, lekin barcha o'yinlarda g'alaba qozonamiz.

Jalolxon Inog'omxo'jaev


AdministratorMuallif
Manba: championat.asia