"Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisini ijaraga olishi mumkin

2 avg 2026, 15:07
"Yuventus" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Tijani Reyndersni nishonga oldi.

Turinliklar joriy transfer oynasida futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. Italiya grandi dastlabki bosqichda ijaraga olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. Reynders 2025 yilda "Milan"dan "Siti"ga o'tgan.

Tijani Reynders "Manchester Siti" safida jami 50 ta o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi unda ettita gol urdi va sakkizta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: La Stampa