Belgiya murabbiyi JCHda Senegal bilan o'yinda jamoa qanday qilib kambek qilganini tushuntirdi

2 iyul 2026, 08:25
Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Rudi Garsiya 2026 yilgi jahon chempionati 1/16 finalida Senegal milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan irodali g'alabaga izoh berdi.

"Agar ishonsangiz, futbolda har doim hamma narsaning iloji bor. Bu jamoaning kuchi zaxiradan maydonga tushadigan futbolchilarda hamdir, chunki faqat o'n bitta o'yinchi bilan natijaga erishib bo'lmaydi. Biz birinchi bo'limning ikkinchi yarmidan boshlab zarur o'zgarishlarni kiritdik. Ehtiyoj bo'lmagan vaziyatlarda darvozadan juda uzoq masofaga hal qiluvchi uzatmalarni amalga oshirayotgan edik. Buni to'g'irladik va ikkinchi golni o'tkazib yuborgan bo'lsak-da, o'yinimiz yaxshilandi", - deya Garsiyaning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

Belgiya terma jamoasi 1/8 finalda AQSH bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com