FIFA prezidentligiga nomzod Vega: "Men Rossiyani xalqaro musobaqalarga qaytargan bo'lardim"

17 noya 2026, 22:57
FIFA prezidentligiga nomzod Ramon Vega Rossiyaning xalqaro turnirlarda ishtirok etishiga ruxsat bergan bo'lardi.

- RFI vakillaridan birortasi bilan gaplashdingizmi?

- Ha, biz ko'pchilik, jumladan, RFI va Markaziy Yevropa federatsiyalari bilan muloqot qilyapmiz. Rossiya tomoniga nisbatan juda adolatsiz munosabatda bo'lishdi, deb hisoblayman. RFIga hamdardman va tez orada xalqaro turnirlarga qaytasiz, degan umiddaman. Agar FIFA prezidenti bo'lganimda, Rossiyani xalqaro musobaqalarga qaytargan bo'lardim.

Siyosatni sportga olib kirish - xato. Futbolchilar butun umr mashg'ulot o'tkazishgan, lekin o'zlarining umuman aloqasi bo'lmagan ishlar tufayli maydonga tusha olishmayapti. Men futboldan u yoki bu tomonni jazolash va dushmanlarni ko'paytirish uchun emas, balki mamlakatlarni yaqinlashtirishga urinish maqsadida foydalangan bo'lardim. Bu hech kimga foyda keltirmaydi.

Odamlar Rossiyada qanchadan-qancha iqtidorli futbolchilar borligini tushunishlarini istayman: Yevropada shunday ulkan mamlakatni shunchaki payqashmayapti. Besh yil - bu butun boshli bir avlod degani. Masalan, Rossiyaning chetlatilishi sabab o'zining eng yaxshi yillarini yo'qotayotgan Matvey Safonovni olaylik, - dedi "Tottenxem"ning sobiq himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Спорт-Экспресс