Xorxe Valdano: "Ramos "Real"dan ketmasligi kerak"

Mirjalol Normatov
11 yanv 2021
"Real"ning sobiq bosh direktori Xorxe Valdanoning fikriga ko'ra, Serxio Ramos Madridda qolishi kerak.

"U menimcha shartnomasini uzaytiradi. Agarda Ramos boshqacha qarorga kelsa, bu ikki tomon uchun ham zararli bo'ladi. Bunday holat oldin ham bo'lgandi. Ronaldu "Yuventus"ga ketdi va "Real" YCHLsiz, Krishtianu esa "Oltin to'p"siz qolmoqda. Kim "Oltin to'p"ni oldi? "Real" futbolchisi Luka Modrich. Shu sababdan Ramos shartnomani uzaytirishi tarafdoriman", - dedi Valdano.

Oldinroq Ramosning xizmatlariga "Liverpul", PSJ va "Manchester Siti" kabi klublardan qiziqishlar bo'lmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo