

Bu haqda talkSPORT jurnalisti Aleks Kruk xabar berdi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, 57 yoshli murabbiy milliy jamoa bilan hamkorlik shartlarini kelishib bo'lgan. Uning ushbu lavozimga tayinlangani yaqin 24 soat ichida rasman tasdiqlanishi kutilmoqda.
Bilich avval ham, 2006 yildan 2012 yilgacha Xorvatiya terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida jamoa 2008 yilgi Yevropa chempionatining chorak finaliga qadar yetib borgan edi.
Bilichning so'nggi ish joyi Saudiya Arabistonining "Al-Fatex" klubi edi va u ushbu klubni 2024 yilda tark etgandi.



