Xonda Portugaliya klubiga o'tdi

Alisher
8 fev 2021, 12:00
Yaponiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Keysuke Xonda faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradi.

34 yoshli yaponiyalik futbolchi "Portimonense" bilan mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Xondaning so'nggi bor Braziliyaning "Botafogo" klubida o'ynagandi. U shuningdek "Milan", "Vitess", "Melburn Viktori" va "Pachuka" klublaridagi faoliyati orqali yaxshi tanish.

"Portimonense" Portugaliya chempionatida 17 turdan so'ng jadvalda 15-o'rinda bormoqda.

[instagram]

[/instagram]

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: desporto.sapo.pt