"Roma" o'rtoqlik o'yinida ishonchli g'alabaga erishdi, Shomurodov 15 daqiqa o'ynadi

Mirjalol Normatov
17 iyul 2022, 00:53
"Roma" mavsumoldi yig'inlar doirasida Portugaliyaning "Portimonense" jamoasiga qarshi bahs olib bordi.

Unda rimliklar yirik g'alabaga erishdi. Bahsda Eldor Shomurodov 31-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, ikkinchi bo'lim startida o'z o'rnini bo'shatib berdi. Umuman olganda "Roma" tarkibida 24 futbolchi bugungi o'yinda qatnashdi.

"Roma" - "Portimonense" 2:0

Gollar: Tripi (27), Dzanolo (71).

"Roma": Patrisiu (Svilar, 46), Smolling (Bove, 46), Spinaccola (Ibanes, 46), Karsdorp (Peres, 46), Manchini (Kumbulla, 46), Tripi (Zalevski, 46), Veretu (Darbo, 46; Fatikanti, 71), Kristante (Matich, 46), Pellegrini (Abraxam, 46), El-Shaaravi (Dzanolo, 46), Afena-Gyan (Shomurodov, 31; Chelik, 46).

"Portimonense": Nakamura (Samuel, 46), Mufi (Outtara, 46), Sek (Sa, 64), Pedrao, Vilyan (Guarapuava, 46), Relvas (Gonsalo, 64), Everton (Klisman, 46), Reys (Yochu, 46), Junior (Sapara, 64), Oliveyra (Gomes, 46), Kayu (Matush, 64).

Urilmagan penalti: Abraxam (87)

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia