Xoland Norvegiyaning tarixiy muvaffaqiyatiga munosabat bildirdi

1 iyul 2026, 07:19
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Xoland 2026 yilgi jahon chempionatining 1/16 finalida Kot-d'Ivuar terma jamoasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyingi his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu butun Norvegiya uchun qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko'rish juda yoqimli. Menimcha, bu Norvegiyani bir umrga o'zgartiradi. Bu bizni yanada jipslashtirayotganini his qilyapman, bu shunchaki to'lqinlantiruvchi holat", - deya Xolandning so'zlarini keltiradi FIFA rasmiy sayti.

1/8 finalda Stole Solbakken jamoasi Braziliyaga qarshi o'ynaydi. "Pentakampeonlar" 1/16 final bosqichida Yaponiya milliy terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FIFA.com