

24 yoshli futbolchi JCH-2026ning 1/16 finalidan o'rin olgan Shvetsiyaga qarshi uchrashuvda (3:0) assistlar bo'yicha dublga erishdi va francuzlarning yirik g'alabasiga hissa qo'shdi. Vinger hisobida joriy dunyo birinchiligida beshta golli uzatma mavjud. "Opta Sport" statistik portalining xabar berishicha, golli uzatmalar statistikasi yuritila boshlagan beri faqatgina Pele (1970 yilda 6 ta) bitta jahon chempionati doirasida bundan yaxshiroq natija ko'rsatgan.
Fransiya terma jamoasi navbatdagi bosqichda Paragvay bilan to'qnash keladi. Ular o'rtasidagi 1/8 final bahsi 5 iyul kuni bo'lib o'tadi.



