

Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya futbol ittifoqining FIFAning Rossiyani xalqaro musobaqalardan, shu jumladan Jahon chempionati saralash bosqichidan chetlatish borasidagi qaroriga qarshi apellyaciyasini rad etdi. Bu haqida Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) ma'lum qildi. Tashkilotning bildirishicha, Rossiyaning chetlatilishi FIFA ustavini ham, Shveytsariya qonunlarini ham buzmaydi.
Eslatib o'tamiz, UEFA va FIFA 28 fevral kuni Rossiya klublari va terma jamoasini barcha xalqaro musobaqalardan chetlatish borasida qaror qabul qilgandi.



