Xalqaro sport arbitraj sudi: "Bunyodkor" Javlon Ibrohimov oldidagi qarzini to'laydi"

Administrator
26 apr 2023
Bu haqda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari ma'lum qildi.

Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) "Bunyodkor" klubining Javlon Ibrohimov oldidagi moliyaviy majburiyatlari bajarishi lozimligini haqida qaror qabul qildi. Bu haqda O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari Kamoliddin Murzoev o'zining instagramdagi sahifasida ma'lum qilgan.

"Yana bir xushxabar! Kuni kecha Xalqaro arbitraj sudi "Bunyodkor" klubining futbolchimiz Javlon Ibrohimov oldidagi moliyaviy majburiyatini bajarishi to'g'risidagi O'FA qarori ustidan kiritgan shikoyati yuzasidan qaror qabul qildi. Unga ko'ra, qaror o'zgarishsiz qoldirilib, klub futbolchimiz oldidagi majburiyatini bajarishi lozim", -deb yozadi Kamoliddin Murzoev. 


AdministratorMuallif
Manba: www.instagram.com/kamol17