

Bu London jamoasi tarixida 22 yillik tanaffusdan keyingi ilk chempionlikka alandi.
"O'tgan yillar davomida ikkinchi bo'lib qolayotgandik. Taslim bo'lmadik va chempionlikka haqli edik. Endi buni kelasi yili ham takrorlab ko'rishga harakat qilamiz. Bu mening ilk chempionlik sovrinim, biroq bundan to'laqonli qoniqish hosil qilmadim. Ko'prog'ini istayman.
Chempionlikni mart oyidayoq his qilayotgandik. "Everton"ni 2:0 hisobida mag'lub qilganimizdan so'ng, chempion bo'lishimiz aniq bo'lib ulgurgandi.
Termalar tanaffusidan keyin barchasi og'irlashib ketdi. Aprel oyida "Manchester Siti"ga mag'lub bo'lganimizdan so'ng biz yanada oldinga harakat qilishni boshladik va endi mana, chempionmiz", - dedi Saliba.



