Vela Messi haqida: "Barsa" va PSJdan ko'proq harakat qilishga to'g'ri keladi"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2023, 21:47
Karlos Vela Lionel Messining MLSga moslashuvi haqida fikr bildirdi.

"U shunchaki futboldan rohatlanib, maydonda ajralib turish uchun nima qilishi kerakligini o'ylab olishi lozim. U uzoq yillar davomida Yevropada to'p tepdi. U yerda hujumchilar faqat hujumni yakunlashadi. MLSda esa ko'proq harakat qilishga to'g'ri keladi.

Messiga bu erlar yoqadi. Futbolchilarning bu yerdagi hayoti juda yaxshi. O'yindan so'ng oila bilan vaqt o'tkazish, ortiqcha stresslarsiz jamoat joylariga borish mumkin. To'g'ri, Messi dunyoga mashhur futbolchi, ammo bu yerdagi hayot Yevropaga qaraganda xotirjamroq" - deydi Vela.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal