Vaxbi Xazri Tunis termasidagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
2 dek 2022
Tunis terma jamoasi hujumchisi Vaxbi Xazri terma jamoadagi faoliyatini tugatgani haqida ma'lumot berdi.

Qatarda bo'lib o'tayotgan Jahon chempionati so'nggi o'yinida Tunis terma jamoasi Xazrining goli evaziga Fransiya terma jamoasini mag'lub etdi (1:0) va guruhda 3-o'rinni egalladi.

"So'nggi yillarda yurtim uchun borimni berganim bilan faxrlanaman va bu avlodning kelajagi porloq ekaniga ishonaman. 

Fransiyani mag'lub etish va hal qiluvchi golni urish – juda chiroyli", – dedi hujumchi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Reuters