Ermatov, Tantashev, Nikimbaev... Jahon chempionatlarida O'zbekistonning qaysi vakillari ishlagan?

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2026, 18:52
Tez orada O'zbekiston milliy terma jamoasi Kolumbiyaga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv milliy jamoamiz uchun Jahon chempionatlari tarixidagi ilk o'yin bo'ladi.

Shu bilan birga, O'zbekiston vakillari bunga qadar ham Jahon chempionatlarida ishtirok etishgan. Quyida final bosqichlarida ishlagan o'zbekistonlik mutaxassislar ro'yxati keltirilgan. Takidlash joizki, ro'yxatda JCH tashkiliy qo'mitalarida ishlaganlar yo'q. Faqat FIFA tanlovidan muvaffaqiyatli o'tib, bevosita mundialda faoliyat yuritganlargina kiritilgan.

JCH-2010 (3)

  • Ravshan Ermatov – bosh hakam

  • Rafael Ilyasov – hakam yordamchisi

  • Avaz Berdiqulov – o'yin koordinatori

JCH-2014 (2)

  • Ravshan Ermatov – bosh hakam

  • Abduhamidullo Rasulov – hakam yordamchisi

JCH-2018 (6)

  • Ravshan Ermatov – bosh hakam

  • Abduhamidullo Rasulov – hakam yordamchisi

  • Jahongir Saidov – hakam yordamchisi

  • Farhod Abdullaev – hakamlar nazoratchisi

  • Avaz Berdiqulov – o'yin koordinatori

  • Olim Orifov – o'yin komissari

JCH-2022 (2)

  • Farhod Abdullaev – hakamlik bo'yicha instruktor

  • Avaz Berdiqulov – o'yin direktori

JCH-2026 (6)

  • Ilgiz Tantashev – bosh hakam

  • Timur Gaynullin – hakam yordamchisi

  • Andrey Sapenko – hakam yordamchisi

  • Alisher Nikimbaev – o'yin direktori

  • Avaz Berdiqulov – o'yin komissari

  • Adeliya Kurmaeva – protokol xizmati xodimi

Shu tariqa, JCH-2026, xuddi JCH-2018 singari, O'zbekiston uchun eng ko'p vakil qatnashgan musobaqa bo'lib turibdi. Mundialda hakamlarimizdan tashqari o'yin koordinatorlari, o'yin direktorlari, komissarlar va boshqa mutaxassislar ham faoliyat yuritmoqda. 2014 va 2022 yilgi Jahon chempionatlarida esa O'zbekiston vakillari faqat ikki kishidan iborat bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia