

Bu haqda "Le Parisien" nashri xabar bermoqda.
Hujumchi kecha bo'lib o'tgan mashg'ulotda to'pig'ida muammolarga duch keldi. Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham Mbappega dam berishi kutilmoqda, shunda futbolchi musobaqaning 1/8 finaliga qadar to'liq tiklanib oladi.
Eslatib o'tamiz, Fransiya termasi muddatidan avval Qatarda bo'lib o'tadigan JCH-2022 pley-off bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
JCH-2022 guruh bosqichi 3-turidan o'rin olgan Tunis – Fransiya uchrashuvi bugun "Edyukeyshn Siti" stadionida 20:00 da boshlanadi.



