Tunis terma jamoasi futbolchisi: “Biz futbolda 10 yil orqadamiz”

Alisher Ostonov
4 yanv 2026
Xannibal Mejbri Tunis terma jamoasi Afrika Kubogidan chiqib ketganidan keyin o'z fikrlarini bildirdi.

Tunis Malidan mag'lubiyatga uchraganidan so'ng, Xannibal Mejbri shunday dedi:

"Hozirning o'zida aytaman: biz futbolda 10 yilga orqadamiz. Bir joyda o'tirib, qanday qilib bu ahvolga tushib qolganimizni o'zimizdan ochiqchasiga so'rashimiz kerak. Qaytadan o'rganish va hamma narsani qayta qurish kerak - eng boshidan. Ayniqsa, bizni Marokash kabi davlatlar bilan solishtiradigan bo'lsak, Tunisda futbol juda orqada qolib ketgan”, - dedi u.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/MickyJnr__