Davlat siyosati futbolga aralashayotgani uchun Tunis termasi mundialdan chetlatilishi mumkin

Mirjalol Normatov
30 okt 2022
Tunis terma jamoasi Qatarda bo'ladigan jahon chempionatida ishtirok etmasligi mumkin.

Bunga davlat siyosatining futbol ishlariga aralashuvi sabab qilib ko'rsatilmoqda. "BBC" xabariga ko'ra, oldinroq Tunis yoshlar va sport vaziri Kamel Degish Tunis futbol federatsiyasini tarqatib yuborishga ishora qilgandi. FIFA esa bu holatga e'tibor qaratgan.

Tunis terma jamoasi JCH-2022da Daniya, Avstraliya va Fransiya termalari bilan o'ynaydi. Mundial 20 noyabrda start oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal