

- Bu o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. To'g'ri, o'yin juda qiziqarli bo'ldi. Yutish uchun yana qanday futbol o'ynashimiz kerak, hayron qolyapman. Yigitlar jonini berib o'ynashdi, zo'r futbol ko'rsatishdi. Murabbiylar shtabi to'g'ri ko'rsatmalarni berishdi. Yigitlarga rahmat aytaman. Shuningdek, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga ham minnatdorlik bildiraman. Bu bilan to'xtab qolmaymiz, oldimizda o'yinlar bor. Rejalarimiz katta - jamoani Superligada olib qolishimiz kerak.
- Bugungi o'yinga bo'lgan rejangiz necha foizga o'xshadi?
- Biz bu bahsga g'alaba uchun chiqqandik. To'g'ri, yaxshi vaziyatlarimiz bo'ldi. Biroq oxirida gol o'tkazib yubordik. Keyinchalik gol ham urgandik. Jamoa yaxshi o'ynadi. Nima deyishni ham bilmayman.
- Darvozabon Umidjon Ergashev haqida nima deysiz?
- Unga katta rahmat. Umuman olganda jamoadagi barchaga rahmat aytaman. Omad ham bo'lishi kerak, omadimiz kelmayapti. Qolgani Ollohdan. Kelgusi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz, safarda o'ynaymiz. Hammaga rahmat. Muxlislar bizga ishonishda davom etsin, jamoani Superligada olib qolmoqchimiz.



