Vadim Abramov: "Futbolchilar dekabrdan beri maosh olishmayapti. Qanday reja haqida gapirish mumkin?"

Aslanov Jasurbek
20 may 2026, 22:21
"Dinamo" hamda "Lochin" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi 3-tur bahsidan (4:2) so'ng mezbonlar ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.

Vadim Abramov: “Afsuski, har doimgidek gol urib, darvozamizdan to'p olib chiqyapmiz. 4:0 hisobi paytida ko'plab golli vaziyatlarga ega bo'ldik. Futbol hayratlanarli narsa, 4:0ni hisobi 4:2ga aylanib ketdi. Kubok bilan xayrlashdik, endi bor e'tibor chempionatga qaratiladi”.

- “Dinamo” avvalgi bahslarda bugungidek yaxshi o'ynay olmadi. Oldingi uchrashuvlarda futbolchilar bugungidek motivaciyaga ega emasdek ko'ringandi. Qaysi o'yin hal qiluvchi bo'ldi deb o'ylaysiz?

- “G'azalkent”ga qarshi bahsdagi ob-havoni eslasangiz kerak. O'sha sharoitda kimning niyati kuchliroq bo'lsa o'sha yutardi. Tushunarsiz 3 ta gol o'tkazib yubordik. Nimayam derdik…

- “Lokomotiv” “Dinamo” kabi ketma-ket gollar urdi. Toshkentdagi bahs shunday ko'rinish olishini kutganmidingiz?

- Bunday vaziyatga tushib qolganimizga o'zimiz aybdormiz. Toshkentda ham g'alaba uchun intildik, ammo so'nggi daqiqalarda darvozamiz ishg'ol qilindi. Kuch etmayapti emas, to'g'ri o'ynay olmayapmiz.

- Jaloliddin Jumaboev yo'qligi haqida nima deya olasiz?

- U “Mashal” bilan bahsda jarohat olgandi, “G'azalkent”ga qarshi uchrashuvda jarohatni og'irlashtirib oldi. Endi tiklanish uchun ko'proq vaqt kerak bo'ladi.

- 4:0 vaqtida hammasi “Dinamo”ni qoniqtirardi. Nega to'pni ko'proq ushlash haqida ko'rsatma bermadingiz?

- Men shu haqida rosa baqirdim. Dembelega kerak emas deya aytdim. Bir-ikki imkoniyatdan foydalana olmaganimizdan so'ng futbolchilarimizda azart paydo bo'ldi va bunday vaqtda bosh ishlamaydi.

- Mavsum muvaffaqiyatsiz o'tyapti deyish mumkinmi?

- Albatta, bu qachongacha ekanligini bilmayman. Samarqandga futbol kerak emasdek.

- Oxirgi daqiqalarda raqib posboni chetlatildi va uning o'rniga futbolchi darvozani qo'riqlay boshladi. Nega zarba berish o'rniga pas berildi?

- Chunki u yerdan gol urishning iloji yo'q. Bu kulgili bo'lardi. Qanotdagi futbolchi ochilib, to'pni qabul qilib, jarima maydonchasiga kirishi va darvozabon bilan birga-bir chiqishi kerak edi.

- Salbiy yangiliklardan tashqari ijobiy xabarlar ham bor. “Dinamo”ning ikki futbolchisi terma jamoa bilan JCH-2026ga yo'l olishi mumkin. Bu futbolchilarga qo'shimcha motivaciya beradimi?

- Bu har bir futbolchining orzusi. O'tgan yili terma jamoaga nomzodlar ko'proq edi.

- Mavsumning birinchi qismi yakuniga etdi. Rejalar haqida aytib bera olasizmi?

- Futbolchilar dekabrdan beri maosh olishmayapti. Qanday reja haqida gapirish mumkin? 3 nafar xorijliklar ketishdi. Bunday vaziyatda rejalar haqida gapirish qiyin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia