"Arsenal" Gimaraes uchun 70 million funt taklif qiladi. "Nyukasl" xavbeki o'tishni xohlamoqda

23 iyul 2026, 22:18
"Arsenal" Bruno Gimaraes transferi bo'yicha yangi taklif kiritadi.

London klubi "Nyukasl" yarim himoyachisi uchun 70 million funt taklif qiladi. Hozircha bunday shartlar “Nyukasl”ni qoniqtiradimi-yo'qmi, bu noma'lum.

Qayd etilishicha, futbolchining o'zi Angliyaning amaldagi chempionlariga qo'shilmoqchi. "Nyukasl" buni biladi.

Gimaraes o'tgan mavsumda 29 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC