Flik jamoalari CHL o'yinlarida o'rtacha 3 tadan gol urmoqda - bu tarixdagi eng yaxshi natija

Aslanov Jasurbek
4 noya 2026, 12:22
Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoalar Chempionlar ligasi tarixidagi eng sermahsul futbolni namoyish etishmoqda.

Kecha "Barselona" CHL doirasida "Aston Villa"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Flik qo'l ostidagi klublar tomonidan mazkur musobaqada urilgan gollarning umumiy soni 48 ta o'yinda 146 taga etdi. Eslatib o'tamiz, germaniyalik mutaxassis kataloniyaliklardan oldin "Bavariya"ni boshqargan edi.

O'rtacha hisobda Xansi jamoalari har bir o'yinda 3,04 tadan to'p kiritishmoqda. Uning eng yaqin taqibchilari reytingi quyidagicha ko'rinish olgan: Vensan Kompani (2,71), Luis Enrike (2,42) va Pep Gvardiola (2,32).

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/pedritonumeros