

“Assalomu alaykum, qadrli futbol muxlislari!
Avvalo, uchrashuvdan keyin yuzaga kelgan vaziyatga befarq bo'lmagan, meni qo'llab-quvvatlagan va to'g'ri tushungan barcha insonlarga samimiy minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida jamoadoshim, oshnam Ibrohimhalil Yo'ldoshevning maydondagi holatini eng yaqindan ko'rib, unga yordam berdim va buni o'zimning insoniy burchim deb bildim va bilaman. Chunki bazi vaziyatlarda futbolchi sifatidagi maqoming, jamoang yoki o'yindagi hisob emas, avvalo, inson ekanliging muhim ahamiyat kasb etadi.
Futbol - hissiyotlar, kurash va raqobat maydoni. Unda har kim g'alaba qozonishni istaydi, har bir ochko uchun bor kuchini sarflaydi. Ammo hayotda shunday qadriyatlar borki, ularni hech qanday natija bilan o'lchab bo'lmaydi. Inson salomatligi, o'zaro hurmat va bir-biriga bo'lgan mehr ana shunday qadriyatlardandir.
Ushbu holatga to'g'ri baho bergan, meni turli tanqidlardan himoya qilgan va eng muhimi, vaziyatga inson ko'zi bilan qaragan barcha muxlislarga alohida rahmat aytaman.
Ibrohimhalilga esa tezroq sog'ayib, maydonlarga yanada kuchli bo'lib qaytishini tilayman. Futbolda hali birgalikda ko'plab g'alabalar, kuboklar va unutilmas lahzalar oldinda! Futbolkani emociyada tashlavorganim uchun barcha “Neftchi” muhlislaridan uzur so'rayman bu qilgan ishim noto'g'ri edi.
Zero, insonning buyukligi uning maydondagi g'alabalari bilan emas, balki hayotning sinovli lahzalarida qanday inson bo'lib qolishi bilan o'lchanadi.
Futbol bizni raqobatga chorlaydi, insoniylik esa birlashtiradi!
Hurmat bilan,
Alisher Odilov”.



