Umidjon Ergashev: "OKMK bilan o'yinda bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi"

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2025
O'zbekiston Superligasining 13-turidan o'rin olgan "Navbahor" – OKMK uchrashuvi arafasida "lochinlar"ning 26 yoshli darvozaboni Umidjon Ergashev bo'lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"OKMKga qarshi kechadigan o'yin tomoshabop bo'lishiga ishonchim komil. Boisi, har ikki jamoa chiroyli futbol namoyish etadi. Bo'lajak uchrashuv keskin kurashlarga boy tarzda kechadi deb o'ylayman. 

Chempionlik yo'lidagi kurashni davom ettirishimiz uchun olmaliqliklar bilan bo'ladigan o'yinda g'alaba qozonishimiz shart, chunki faqatgina yutuq bizni chempionlik poygasiga qo'shilishimizni taminlaydi. Buni jamoamiz a'zolari juda yaxshi his qilib turishibdi va bo'lajak bahsga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. 

Maqsadimiz – shanba oqshomida "Markaziy" stadioniga tashrif buyuradigan muxlislarga quvonch ulashish. Bizni g'alabadan boshqa natija qoniqtirmaydi. 

Buni amalga oshirish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz", – dedi Ergashev.

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" – OKMK bellashuvi ertaga 20:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Навбаҳор" матбуот хизмати