

Endilikda mazkur arenada professional futbol uchrashuvlarini o'tkazish uchun barcha sharoitlar mavjud.
Shundan kelib chiqib, Proliga 19-turidan o'rin olgan “Aral” - “Lochin” uchrashuviga “Turon” stadioni mezbonlik qilishi belgilandi. O'yin 13 sentyabr - yakshanba kuni bo'lib o'tadi.
Liga va “Aral” klubi qoraqalpog'istonlik futbol muxlislarini mazkur bellashuvni bevosita kuzatib borish uchun stadionga chorlaydi.





