

Ozarbayjonning Sport24.az nashri manbalariga tayanib xabar berishicha, 23 yoshli futbolchining xizmatlari agentlar orqali Qozonning "Rubin" va "Krasnodar" klublariga taklif qilingan.
Hozircha Rossiya klublari Raxmonalievning transferiga qiziqish bildirgani yoki muzokaralar boshlangani haqida ma'lumot yo'q.
Qayd etish joiz, o'zbekistonlik yarim himoyachi 2023-2025 yillarda "Rubin" safida harakat qilgan. U 2025 yil yanvarda ijara asosida Ozarbayjonning "Sabah" klubiga o'tgan, 2026 yil yanvarda esa Boku klubi futbolchining transfer huquqini to'liq sotib olgan.
"Krasnodar"ni ayni paytda Murad Musaev boshqarmoqda. Rossiyalik mutaxassis avval "Sabah"da ham bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
Raxmonalievning Ozarbayjon klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil 31 dekabrga qadar mo'ljallangan.



