"Ular Messining chiqib ketishini xohlashmayapti". Misr murabbiyi Argentinaga yutqazgach, FIFAni aybladi

8 iyul 2026, 07:20
Misr terma jamoasi bosh murabbiyi Xossam Xassan jahon chempionati 1/8 finalida Argentinadan uchralgan mag'lubiyatdan (2:3) so'ng FIFAni keskin tanqid qildi va turnirning boshqa birorta o'yinini tomosha qilmasligini ma'lum qildi.

"Jahon chempionati marketing industriyasiga aylanib bo'lgani mutlaqo kunday ravshan. Ular Messining turnirdan chiqib ketishini xohlashmayapti. Aynan shu sababli bu uchrashuvda adolat bo'lmadi. Messi behuda xursand bo'lmasligi kerak.

Bugundan boshlab men jahon chempionatining birorta ham o'yinini kuzatmayman. Bu - bugun biz boshdan kechirgan adolatsizlikka qarshi norozilik belgisidir. Men o'z futbolchilarimni chin qalbdan tabriklayman. Ular - millat qahramonlaridir", - deya Xassanning so'zlarini keltiradi Haberler.com.

O'xshash yangiliklar


Manba: Haberler.com