

"Birinchi navbatda, bu Allohning irodasi edi. Bu o'yin va uning natijasi taqdirga yozilgan edi. Biz a'lo darajada birinchi bo'limni o'tkazdik va ikkinchi bo'limning katta qismida ham yaxshi ko'rindik. Biz bir nechta kichik xatolarga yo'l qo'ydik, hakamlikka kelsak, bu borada izoh berishdan tiyilishni afzal ko'raman. Hamma nima bo'lganini ko'rdi. Bundan ortiq qo'shadigan gapim yo'q.
Bizning golimizni bekor qilishdi, shuningdek, darvozamizga penalti belgilanmadi. Shundan so'ng darhol raqib qarshi hujumga o'tib, gol urdi. Murabbiy bizni turnirdagi ishtirokimiz bilan tabrikladi. U yanada oldinroqqa borishimizni istagandi, lekin bu Allohning irodasi. Biz ushbu turnirda erishgan yutuqlarimiz asosida kelajakni quramiz va Xudo xohlasa, oldinda bizni yanada muvaffaqiyatli kelajak kutmoqda.
Biz amaldagi jahon chempionlariga qarshi o'ynadik va bizni juda og'ir uchrashuv kutayotganini bilardik. Biz raqibga a'lo darajada tayyorgarlik ko'rgan edik va bu o'yinning dastlabki daqiqalaridanoq sezilib turdi. Ammo yakunda Alloh bizga aynan shunday taqdirni ravo ko'rdi", – dedi Saloh.



