Ukraina va latviyalik futbolchilar "Andijon"da ko'rikdan o'tadi

Narzulla Saydullayev
17 yanv 2020, 18:33
Superligaga tayyorgarlik ko'rayotgan "Andijon" klubi jamoa yig'iniga qo'shilgan ikki nafar yangi legioner haqida ma'lumot taqdim etdi.


Dmitriy Zozulya
Tug'ilgan sanasi: 09.06.1988
Ampluasi: Himoyachi;
Fuqaroligi: Ukraina;
Bo'yi: 188 sm;
Vazni; 79 kg;
So'nggi o'ynagan jamoasi: “Kremen” (Ukraina).

Faoliyati davomida “Obolon”, “Knyaja”, “Lvov”, “Volyn”, “Bukovina”, “Neftyanik-Ukrneft”, “Guriya” (Gruziya), “Zugdidi” (Gruziya), “Arsenal” (Kiev) va “Gornyak-Sport” klublarida to'p surgan.

O'tgan mavsumda esa Dmitriy Ukraina birinchi ligasida ishtirok etuvchi “Kremen” klubi sharafini himoya qildi. U “Kremen” klubi tarkibida 2019/2020 yilgi mavsumda 16 ta uchrashuvda (hozirgi kunga kelib 19-tur o'yinlari davom etmoqda) maydonga tushib, 1373 daqiqa harakat qildi va raqiblar darvozasini 4 marotaba ishg'ol etishga erishdi.

Qiziqarli jihati shundaki, u 2018/2019 yilgi mavsumlarda “Gornyak-Sport” klubi tarkibida Vitaliy Mirniy bilan birga to'p surgan.

Dmitriy Zozulya 20 yanvar kuni yurtimizga yetib keladi va “Farg'ona viloyati hokimi Kubogi” musobaqasidagi o'yinlarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.



Romans Maskevich
Tug'ilgan sanasi: 29.03.1993
Ampluasi: Yarim himoyachi
Fuqaroligi: Latviya
Bo'yi: 174 sm
Vazni; 65 kg
Erishgan yutuqlari: Latviya Kubogi finalchisi (2017 yil), Latviya Kubogi sohibi (2018 yil), Latviya chempioni (2018 yil).
So'nggi o'ynagan jamoasi: “Ventspils” (Latviya).
O'ynagan jamoalari: “Tranzits”, “Yurmala”, “Spartaks”, “Leypaya”, “Riga”, “Ventspils”.

2016/2016 yilgi mavsumda “Spartaks” klubi safida Yevropa Ligasining 6 ta uchrashuvida maydonga tushgan va bitta gol kiritishga muvaffaq bo'lgan.
Latviya U-21 terma jamoasi safida Ukraina va Lixtenshteyn terma jamoalari qarshi uchrashuvlarda maydonga tushgan.

O'tgan yilgi mavsumda Romans “Ventspils” jamoasi tarkibida 23 marta maydonga tushib, 1585 daqiqa o'ynash bilan bir qatorda, jamoasining 3 ta goli mualliflik qildi.

Roman Maskevich o'tgan yilgi mavsumda “Ventspils” jamoasi bilan Latviya chempionatining 3-o'rinini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi va Yevropa Ligasi saralash bosiqchiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Андижон” матбуот хизмати