Kuperning sharmandali mag'lubiyati - Janubiy Koreyaga qarshi so'nggi o'yinimiz qanday o'tgan?

Iskandarov Abdulaziz
6 okt 2026, 08:37
O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun o'rtoqlik uchrashuvi doirasida Janubiy Koreya bilan kuch sinashadi.

Mazkur ikki terma jamoaning so'nggi o'zaro qarama-qarshiligiga 8 yil bo'ldi. Tomonlar oxirgi bor 2018 yil Brisbenda o'rtoqlik doirasida to'qnash kelishgan. Ektor Kuper ustozlik qilgan terma jamoamiz raqibiga 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Shundan so'ng terma jamoalar hech qaysi musobaqada yo'llari kesishmadi. Quyida mazkur o'yin qaydnomasini e'tiboringizga havola qilamiz.

O'rtoqlik uchrashuvi

JANUBIY KOREYA - O'ZBEKISTON 4:0

20 noyabr. Brisben. "Queensland Sport and Athletics Centre" stadioni.

Hakamlar
: Kris Bit, Eshli Bichem, Anton Shetinin, Piter Grin.
VAR tizimidagi hakamlar: Jarred Gillet, Richard Naumovski.

Gollar: Nam Tae Xi (9), Xvang Ui Jo (24), Mun Son Min (70), Suk Xyun Jin (81)

Janubiy Koreya - 23.Jo Xyon Vu, 19.Kim Yong Vun (20.Kvon Kyung Vun, 63), 15.Jung Song Xyun (22.Park Ji Su, 82), 2.Li Yong, 6.Park Ju Xo (14.Xong Chul, 75), 7.Xvang In Bom, 5.Ju Se Jong, 10.Nam Tae Xi (18.Mun Son Min, 51), 17.Li Chung Yong (8.Li Jin Xyun, 75), 26.Na Sang Xo, 16.Xvang Ui Jo (9.Suk Xyun Jin, 69)
Zaxira: 1.Kim Song Gyu, 21.Kim Jin Xyong, 4.Kim Min Je, 25.Li You Xyon, 24.Kim Jung Min, 12.Kim Song De.

O'zbekiston - 1.Ignatiy Nesterov - 2.Akmal Shorahmedov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev - 7.Odiljon Hamrobekov, 16.Otabek Shukurov - 17.Doston Hamdamov (6.Husniddin G'ofurov, 74), 22.Javohir Sidiqov (8.Ikrom Aliboev, 64), 15.Aziz Turg'unboev (10.Marat Bikmaev, 46) - 14.Eldor Shomurodov.
Zaxira: 12.Eldorbek Suyunov, 25.O'tkir Yusupov, 19.Vladimir Kozak, 18.Doston Tursunov, 4.Davron Hoshimov, 3.Egor Krimec.

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif