Uesli Fofana "Chelsi"da qoladi

Administrator
9 iyul 2025
Fransiya milliy terma jamoasi va "Chelsi" himoyachisi Uesli Fofana o'zining hozirgi jamoasini tark etmasligini ma'lum qildi.

Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda London klubi formasi kiygan eski suratini joylashtirdi.

"Men "Chelsi" o'yinchisiman va bu bilan faxrlanaman, hech qaerga ketishni istamayman. Bu erdagi barcha narsa menga yoqadi, rahmat. Etarlicha tushunarlimi?" - deya futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda yozib qoldirdi.

O'tgan klub mavsumida Fofana 14 ta o'yinda ishtirok etdi. Ilgari futbolchi "Sent-Eten" va "Lester Siti" jamoalarida ham to'p surgan.

2024/2025 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, "Chelsi" 69 ochko to'plab, Angliya Premer-ligasi turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egalladi. Hozirda jamoa klublar o'rtasidagi jahon chempionatida qatnashmoqda, turnirning yarim finalida ko'klar "Fluminense" bilan kuch sinashadi.


AdministratorMuallif
Manba: The Sun