

Qosimposholiklar Istanbulga uchishdi
Avvalgi tur dirasida autsayder jamoa mehmoni bo'lib, kutilmaganda minimal hisobdagi mag'lubiyatni qabul qilib olgan "Fenerbaxche" bu safar o'z uyida yakunlangan haftada muxlislari qarshisida malatyaliklar bilan jangovar durangga imzo chekkan "Qosimposho"ni mehmon qildi.
Autsayderlar jangi
Joriy mavsum hisobidan dastlabki g'alabasini qo'lga kiritganiga hali hech qancha bo'lmagan quyi pog'onalardagi eng so'nggi ikki o'rinni egallab turgan jamoalar "Genchlerbirligi" va "Qaysarispor" o'zaro bahs olib boradi. Mezbonlar hujum chizig'ida Ruminiya milliy terma jamoasi azosi hozirgacha 4 gol urgan Bogdan Stanku va ivuarlik Jovanni Sio 3 ta to'p kiritgan legionerlar harakat qilishadi. O'tgan turda kimsan Istanbul shahri jamoasidan ustun kelgan Xikmat Karaman shogirdlari orasida bir paytlar Angliya Premer-ligasida to'purar bo'lgan 35 yasharli Emmanuel Adebayor va undan bir yosh katta mahalliy muxlislarning yoqimtoyi Umut Bulut bor.
Bir-biriga o'xshash jamoalar bellashuvi
Musobaqa jadvalida bir hil 11 ochkodan jamg'argan holda, ketma-ket 14-15 pog'onalarni egallab turgan va so'nggi muvaffaqiyatsizliklar natijasida jar yoqasiga kelib qolgan ikki o'rtamiyona jamoa "Rizespor" va "Antalyaspor" o'zaro hisob-kitob qilib olishadi. Rizeliklar oldingi tur doirasida Galata saroyida mehmon bo'lib, javobsiz ikkita gol qabul qilib olishdi va ushbu mag'lubiyat orqali quyi zonaga yaqinlashib olishdi. Antaliya shahri jamoasi esa, o'z maydonida "Beshiktosh"ga imkoniyatni boy berib qo'ygan. Xullas, ayni paytga kelib har ikkala tomonga ham g'alaba suv va havodek zarur.
Konyaliklar Sivasda mehmon
Joriy mavsumda faqat va faqat sovrinli o'rinlarni maqsad qilgan kuchlilar uchun haqiqiy boshog'rig'i bo'la oladigan ikki asli o'rtamiyona jamoa "Sivasspor" va "Konyaspor" to'qnash kelishadi. Sivasliklar avvalgi tur doirasida debyutantni ishonchli hisob bilan mahv etishgan bo'lishgan bo'lsa, Konya shahri bosh jamoasi autsayder bilan o'z maydonida sulhga rozi bo'ldi. Rizo Kalimbay shogirdlari ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritish asnosida 3-o'ringacha ko'tarilib olishdi. Mehmonlar esa, ohirgi paytlardagi ko'rsatgan sust o'yinlari natijasida bazo'r kuchli o'ntalikka ilinib turibdi.
O'rtamiyonalar bahsi
Musobaqaning ko'p yillik yetakchi gigant jamoalaridan biri bo'lib kelgan va hozirda o'rtamiyonaga aylangan "Galatasaroy"ga so'nggi vaqtlarda barqarorlik etishmayapti. Ular bu turda o'tgan safar anqaraliklarni er tishlatgan "chaqilmas yong'oq" bo'lgan kam sonli ishtirokchilardan sanalgan "Gaziantep" maydoniga safar qilishadi. Agar mezbonlar g'alaba qozonishsa, yetakchilar qatoriga qaytishlari mumkin bo'ladi. Gaziliklar bu mavsum hech bo'lmaganda, evrokuboklarga yo'llanma beruvchi pog'onalar uchun kurashishni maqsad qilishgan.
Yetakchi o'rtamiyonaga qarshi
Avvalgi turda turnir jadvali karvonboshiligiga asosiy davogarlardan biri bo'lib turgan Trabzon shahri jamoasini mehmonda munosib tarzda tazirini berib qo'ygan "Gyoztepe" bu safar o'z muxlislari qarshisida yakunlangan hafta kutilmagan ravishda qosimposholiklar bilan o'yinda qimmatli ikki ochkoni boy bergan va ushbu yo'qotishdan keyin bir pog'ona pastlagan "Yeni Malatyaspor" bilan o'zaro bahs olib boradi.
Markaziy o'yin
Joriy turning har tomonlama muhim ahamiyatga ega bo'lgan asosiy uchrashuvida o'tgan turni ochko yo'qotishlar bilan yakunlagan ikki alamzada kuchli klublar "Trabzonspor" va "Alanyaspor" o'zaro jang olib borishadi. Trabzon shahri bosh jamoasi sensacion ravishda gyoztepeliklarga yutqazib qo'yishgan bo'lishsa, musobaqa jadvalida karvonboshilikni hech kimga bermay kelayotgan mezbonlar oldingi hafta "Bashakshehir" bilan ochkolarni bo'lishib olishgandi.
Yetakchi debyutant qarama-qarshiligi
Ketma-ket jimjimador g'alabalarni qo'lga kiritish asnosida yuksak iroda evaziga har bir uchrashuvda astoydil mehnat qilish orqali haqli ravishda muvaffaqiyatga erishayotgan "Beshiktosh" bu safargi turda o'z muxlislari qarshisida o'tgan haftada sivasliklarni qabul qilib, yana bir bor mag'lubiyat alamini totib ko'rgan "Denizlispor" bilan bellashib ko'rishadi.
Istanbul Anqara to'qnashuvi
Turni yakunlab beruvchi o'yinda joriy mavsumda ham chempionlikni ko'zlayotgan jamoalardan biri oldingi hafta yaqin raqobatchisiga qarshi uchrashuvda muhim ochkolarni yo'qotgan "Istanbul Bashakshehir" endi o'z uyida so'nggi o'tkazilgan turda muxlislari ko'z o'ngida "Gaziantep"ga yutqazib qo'ygan "Anqaragyujyu"ni mehmon qiladi.
Xondamir Hakimov tayyorladi



