Turkiya Superligasi. Istanbul derbisi yoxud 5-tur prevyusi

Narzulla Saydullayev
21 sen 2019, 10:21
Kecha Turkiya mahalliy ligasida navbatdagi tur o'yinlari boshlandi va bizni bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.


So'nggi pog'ona egasiga qarshi Antaliya shahri jamoasi


Musobaqa jadvalining eng quyi qismida joylashgan "Qosimposho" 4 ochko bilan 11-o'rinni band etib turgan "Antalyaspor"ni mehmon qiladi.



Omadli debyutant va omadsiz jamoa uchrashuvi

Yana bir hali biron marta g'alaba qozonmagan klub "Qaysarispor" o'z maydonida uzoq yillik tanaffusdan so'ng elitaga qaytgan va ajoyib start olishga erishgan "Denizlispor"ni qabul qiladi.




Azaliy raqiblar to'qnashuvi

O'zining shonli tarixiga ega "Fenerbaxche" hozircha 3-o'rinda. Bu turda ular doimiy raqobatchilari "Anqaragyujyu" bilan bahs olib borishadi. Har ikkala jamoa o'rtasidagi ochkolar farqi minimal darajada. Mezbonlar 7 ochko jamg'argan bo'lishsa, anqaraliklar ulardan bor yo'g'i 2 ochko kam to'plagan holda 12-pog'onada.




Jiddiy qarama-qarshilik

O'tkazilgan to'rtta o'yinda ikki g'alaba va shuncha durang qayd etgan, hali mag'lubiyat alamini totib ko'rmagan "Rizespor" o'z uyida 6-o'rindagi "Gaziantep"ni mehmon qiladi. Jamoalar o'rtasidagi kichik tafovut bir ochkoni tashkil qiladi.



Quyidagi jamoa musobaqa karvonboshisi uyida mehmon

So'nggi o'rindan bir pog'ona yuqorida turgan "Genchlerbirligi" turnir jadvalida yakka peshqadamlikni o'z qo'liga olgan "Alanyaspor" maydoniga safar qiladi.




Kuchlilar o'rtasidagi jang

Turning markaziy o'yinida musobaqa jadvalida bir-biriga juda yaqin joylashgan klublar to'qnash keladi. Unda, Superliga kubogining amaldagi sohibi "Galatasaroy" mehmonda sovrinli o'rinlar uchun kurashayotgan yaqin taqibchisi "Yeni Malatyaspor" bilan bahs olib boradi.




Tobora so'nayotgan grandlar uchrashuvi

O'z nomiga yarashmagan o'rinlarni egallab turgan chempionatning doimiy yetakchi jamoalari o'rtasidagi bahs ko'pchilikni qiziqishiga sabab bo'la oladi. Istanbul shahrining shu nom bilan ataluvchi klubi "Istanbul Bashakshehir" musobaqaning ko'p karra g'olibi "Beshiktosh" maydonida mehmon bo'ladi. Ular tegishlicha 4 ochkodan jamg'arib, yonma-yon 13-14-pog'onalarni band etishgan.



Bir-biriga o'xshash klublar bellashuvi

Turga yakun yasab beruvchi o'yinda hozirda kuchli o'ntalikda borayotgan ikki jamoa 3 ochko uchun o'zaro kurash olib borishadi. "Sivasspor" o'z maydonida "Trabzonspor"ni qabul qiladi.


Xondamir Hakimov


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia