Fermin Lopes: “Hisobni tenglashtirgan gol elkalarimizdan og'ir yukni soqit qildi va nazoratni qo'lga oldik"

Sherzod Nurmatov
9 noya 2026, 18:20
"Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopes Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida safarda "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alaba (2:1) haqida fikr bildirdi.

Lopes o'z jamoasining har ikkala goliga mualliflik qildi.

"Tanaffusga liga peshqadami sifatida va 3 ochko bilan chiqib ketishni istagandik. Hisobni tenglashtirgan gol elkalarimizdan bosimni olib tashladi va bizda nazorat oshdi. Tanaffusda birinchi bo'lim so'ngidagi kabi harakat qilishda davom etishimiz kerakligini aytdik", – deya 23 yoshli ispaniyalik futbolchining so'zlarini keltiradi jurnalist Fabricio Romano.

"Barselona" (12 uchrashuvdan so'ng 33 ochko) Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano