

Eslatib o'tamiz, oldinroq "FotoMac" nashri "Paxtakor"ning Masharipov uchun 6 million evro so'rayotgani haqida xabar tarqatgan edi. Keyinchalik "championat.asia" tahririyati vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida "Paxtakor" rahbariyati bilan bog'langan va shundan so'ng "FotoMac"ning xabari asossiz ekanligi ma'lum bo'lgandi.
Karadeniz nashrining bir necha soat oldin tarqatgan ma'lumotlariga ko'ra, "Trabzonspor" sobiq o'yinchisi Shota Arveladze boshqaruvidagi "Paxtakor" klubi yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov Yevropaga yo'l olishni xohlamoqda va "Trabzonspor" libosini kiyishni xohlayotganini bildirgan.
O'zbekiston klubi Masharipov uchun "Trabzonspor"dan 2 million evro miqdorida mablag' so'ragan. Bundan tashqari turklar chap qanot o'yinchisi uchun har qanday to'lovlarga tayyor.




