

Ushbu uchrashuvda "Trabzonspor" tarkibida misrlik forvard Muhammad Saloh gol va golli uzatmaga mualliflik qildi.
Misrlik futbolchi barcha uchta evrokubok turnirida: Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi va Konferenciyalar ligasida gol urish va golli uzatma berishga muvaffaq bo'lgan tarixdagi birinchi o'yinchiga aylandi, deb xabar beradi X ijtimoiy tarmog'idagi Football Tweet sahifasi.
Konferenciyalar ligasining navbatdagi turida "Trabzonspor" Shotlandiyaning "Xarts" klubi bilan kuch sinashadi. O'yin 22 oktyabr kuni Turkiyada bo'lib o'tadi.
Konferenciyalar ligasining amaldagi g'olibi "Kristal Pelas" hisoblanadi.



