

Turkiya klubi 48 yoshli mutaxassis bilan shartnoma imzolanganini e'lon qildi. Bitim 2028 yil yoziga qadar amal qiladi.
Xabarlarga ko'ra, Italyano shartnoma muddati davomida jami 6 million evro sof maosh oladi. Uning murabbiylar shtabiga esa 5 million evro to'lanadi.
So'nggi ikki mavsumda Italyano "Bolonya" klubida faoliyat yuritgan. U bundan avval "Fiorentina" va "Speciya" jamoalarida ham bosh murabbiy bo'lib ishlagan.
O'tgan mavsumda "Beshiktosh" Turkiya chempionatini 4-o'rinda yakunlagan edi.




