
"Biz hujum chizig'imizni kuchaytira oladigan futbolchini qo'lga kiritdik. U yuqori darajada o'ynash tajribasiga ega va qanotda qanday harakat qilishni yaxshi biladi. Uni taktik sxemalarimizga tez fursatda moslashtirib yuborishdan umidvormiz", - deya Kashtruning so'zlarini Globo nashri keltiradi.
28 yoshli sportchi Braziliya jamoasiga erkin agent maqomida qo'shildi. Mehnat shartnomasi bir yarim yilga mo'ljallangan. Davom etayotgan JCH-2026 doirasida Kabral ikkita uchrashuvda qatnashd. Futbolchi bundan oldingi ikki mavsumni Portugaliyaning "Eshtrela" klubi tarkibida o'tkazgan edi.