"Trendlarga ergashmaymiz, ularni yaratamiz". "G'azalkent" o'zgacha rangdagi mashg'ulot liboslarini namoyish etdi (FOTO)

Aziz Tukhtamuradov
10 iyul 2026, 18:00
Proliga ishtirokchisi "G'azalkent" futbol klubi mashg'ulot liboslarini o'zgacha uslubda namoyish etdi.

Klubning mashg'ulot liboslari pushti rangda bo'ladi.

“Ko'pchilik: “O'zbek futboli uchun juda yorqin va o'zgacha” deb aytishi mumkin.
Biz esa: “Aynan shuning uchun ham buni qildik!” deb javob beramiz.

Biz mashg'ulotlar formasi uchun yorqin pushti rangni tanladik, chunki yangi standartlarni o'rnatishni maqsad qilganmiz. Bu o'ziga ishongan va o'z o'yin qoidalarini nazorat qilishdan qo'rqmaydiganlarning rangi.

Har bir harakatda jasorat va erkinlik, ekipirovka tanlashda dadillik va mavsum davomiga to'liq tayyorgarlik. Biz trendlarga ergashmaymiz - biz ularni yaratamiz”, - deyiladi klub matbuot xizmati postida.

1.jpg2.jpg3.jpg4.jpg5.jpg6.jpg7.jpg

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: t.me/gazalkent_fc