"Chelsi" "Atletiko" yarim himoyachisi uchun 100 mln evro to'lashga tayyor

Sherzod Nurmatov
4 sen 2026, 13:35
"Chelsi" qishki transfer oynasida "Atletiko" yarim himoyachisi Pablo Barriosni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.

Manba ma'lumotlariga ko'ra, London klubi 23 yoshli ispaniyalik futbolchini jamoani tark etgan Enco Fernandesning o'rnini bosuvchi sifatida ko'rmoqda va uning transferi uchun 100 million evro taklif qilishga tayyor.

"Atletiko" Barrios bilan xayrlashish niyatida emas. Yarim himoyachining shartnomasida 500 million evro miqdorida tovon puli ko'rsatilgan.

Barrios o'tgan mavsum barcha turnirlarda 35 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "Atletiko" bilan bitimi 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 55 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es