Anchelotti: "Mourinyuning jamoasi haqiqatan ham juda yaxshi holatda"

Sherzod Nurmatov
4 sen 2026, 13:10
"Real" sobiq bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Madrid klubida Joze Mourinyu olib borayotgan ishga baho berdi.

"Jamoa haqiqatan ham juda yaxshi holatda deb hisoblayman. Menimcha, birinchi bahsda u ma'lum qiyinchiliklarga duch keldi, lekin ikkinchi uchrashuvda jamoa o'yini asta-sekin yaxshilandi va "Real Sosedad"ga qarshi ajoyib o'yin namoyish etishdi.

Hozir chempionatning muhim o'yinlari va Chempionlar Ligasi boshlanyapti. Menimcha, ko'p narsa qo'shgan va yana ko'p foyda keltiradigan yangi transferlar tufayli jamoa juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgan. "Real" uchun bu ajoyib mavsum bo'lishiga ishonaman", – dedi Anchelotti.

Mourinyu 2026 yilning yozida "Real" bosh murabbiyiga aylandi. Ispaniya chempionatining 3 turidan so'ng jamoa 9 ochko jamg'arib, turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Madrid Universal