

Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Al Hilol" 30 yoshli serbiyalikni taxminan 35 million evro evaziga "Tottenxem"ga qo'yib yuborishga tayyor. Biroq "shporlar" uchun jiddiy to'siq C Mitrovichning maoshi, yani yiliga deyarli 25 million evro.
Hujumchi o'tgan mavsum barcha turnirlarni hisobga olgan holda 36 o'yinda qatnashib, 28 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Mitrovichning transfer narxi 18 million evroni tashkil qiladi.



