

Bunga ushbu davlat fuqarolari uchun AQSHga kirish taqiqlangani sabab bo'lmoqda. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, AQSHga kirish taqiqi faqat futbolchilar, murabbiylar va rasmiy delegaciya a'zolari uchun istisno tariqasida amal qilmaydi.
Manbaning yozishicha, Eron, Kot-d'Ivuar, Gaiti va Senegal muxlislari, shuningdek, ushbu mamlakatlar futbol federatsiyalari viza ololmasliklaridan xavotirda. Sababi - mazkur terma jamoalar o'z o'yinlarini aynan Amerika shaharlarida o'tkazishi belgilangan.
Eslatib o'tamiz, JCH-2026 uchta mamlakat: AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha davom etadi.



