

"Marca" nashrining yozishicha, portugaliyalik hujumchi yo'l-transport hodisasi qurboni bo'lgan.
Futbolchi 28 yoshda edi.

Diogu Jota 2020 yildan buyon "Liverpul" sharafini himoya qilib kelayotgandi. U bungacha "Vulverxempton" va "Portu" jamoalarida harakat qilgan. Portugaliya terma jamoasi safida 30 dan ortiq o'yinda qatnashgan.
Jota o'tgan mavsum 37 o'yinda 9 ta gol urgan va 4 ta assist qayd etgan edi.



