Tantashev "Dinamo" – "Paxtakor" uchrashuvida xatoga yo'l qo'ydimi? Superliga 19-turidagi hakamlik tahlili

Оқил Абдубарноев
29 avg 2026, 11:31
Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev ("Alyo, ref!" Telegram kanali) o'z hakamlar jamoasi bilan birgalikda O'zbekiston Superligasining 19-turida yuz bergan bahsli vaziyatlarni tahlil qildi.

"Neftchi" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Neftchi" futbolchisi o'yindan tashqari holatda, darvozabonga yaqin va to'pning harakatlanish yo'nalishida turgan edi. Ushbu holatda u epizodga ochiq-oydin ta’sir o'tkazib, darvozabonga xalaqit bergan, deb hisoblaymiz. Bizningcha, to'g'ri qaror – o'yindan tashqari holat qayd etilib, golning bekor qilinishidir.

"Neftchi" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"So'g'diyona" o'yinchisi podkat emas, balki haddan tashqari kuch ishlatgan holda sakrashni amalga oshirmoqda va bunda raqibining boldir mushagi qismiga butsasining tishlari bilan yuqoridan zarba bermoqda. To'g'ri qaror – qo'pol qoidabuzarlik uchun qizil kartochka.

"Neftchi" – "So'g'diyona"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Mavjud rakurslardan kelib chiqib, "Neftchi" hujumchisi to'pga qo'li bilan tegmagan va gol to'g'ri hisobga olingan deb hisoblaymiz. Hakam xato qilganligini isbotlovchi yaqqol dalillar yo'q.

"Qo'qon-1912" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

VAR bilan hamfikrmiz. "Buxoro" himoyachisi qo'li bilan qasddan harakat qilib, raqibining yuziga zarba bergan. To'g'ri qaror – penalti va qo'pol o'yin uchun sariq kartochka.

"Qo'qon-1912" – "Buxoro"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Maydondagi hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz. "Buxoro" o'yinchisi poziciyani boy bergan va raqibini futbolkasidan tortib ushlab qolgan. Qoidabuzarlik sodir etilgan vaqtda, qisqa vaqt ichida to'p "Qo'qon-1912" o'yinchisida bo'lishi aniq edi. To'p chizig'i ortida faqat bir nafar "Buxoro" futbolchisi va darvozabon qolgandi, bu esa mazkur hujumni xavfli deb hisoblashimizga asos bo'ladi. Xavfli hujumni barbod qilganligi uchun sariq kartochka.

"Andijon" – "Xorazm"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Bizning fikrimizcha, "Xorazm" darvozaboni birinchi bo'lib to'pga o'ynagan, shundan so'ng to'qnashuv sodir bo'lgan. Biz uchun bu aniq penalti emas, hakam hujumda qoida buzilganligini to'g'ri qayd etgan.

"Dinamo" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Qiziqarli vaziyat, biroq hakam uni to'g'ri baholadi. To'p maydonni tark etgan va birinchisi olib tashlanmaguncha, boshqa to'pni o'yinga kiritmaslik kerak edi, zero u o'yinchiga ("Paxtakor" darvozaboniga) xalaqit berayotgandi. Bu yerda nafaqat qoidalar, balki "o'yin ruhiyati" ham o'z kuchiga ega. Adolat buzilgani uchun futbol bunday gollarga mutlaqo qarshi.

"Dinamo" – "Paxtakor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

"Paxtakor" darvozaboni raqib bilan to'qnashib ketishidan oldin hakam takroriy lavhani ko'rish orqali hujumchining qo'l bilan o'ynaganini aniqladi va shundan so'ng himoyalanayotgan jamoa foydasiga jarima to'pini belgilab, mutlaqo adolatli qaror chiqardi.

"Surxon" – OKMK

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Hakam murakkab vaziyatda juda yaxshi qaror qabul qildi. Birinchidan, oyoqqa berilgan zarbani ko'rdi va ikkinchidan, qoidabuzarlik sodir etilgan joyni to'g'ri aniqladi. Bizning fikrimizcha, to'g'ri qaror – raqibni yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum qilganligi uchun "Surxon" himoyachisiga qizil kartochka va qoidabuzarlik jarima maydonchasi tashqarisida bo'lganligi sababli jarima to'pi belgilash.

"Lokomotiv" – "Bunyodkor"

BAHSLI VAZIYAT VIDEOSI

Agar "Lokomotiv" himoyachisi qo'li bilan qo'shimcha harakat qilmaganida edi, muvaffaqiyatli blokdan so'ng hakam penalti belgilamagan bo'lardi. Ammo to'p tomon qo'l bilan qilingan harakatni alohida epizod sifatida baholaymiz va hakamning qarorini qo'llab-quvvatlaymiz – penalti.


Shu tariqa, Superliganing 19-turi doirasidagi uchrashuvlarda hakamlar faqat bitta qo'pol xatoga yo'l qo'yishgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia